Birinchi Prezidentning uzoq yillik hamkori va uning ikki o‘rinbosari davlat to‘ntarishida ayblanyapti

Olam

image

Qozog‘iston Milliy xavfsizlik qo‘mitasining (MXQ) sobiq raisi Karim Masimov va uning ikki o‘rinbosariga nisbatan davlatga xiyonat ayblovlaridan tashqari, hokimiyatni zo‘rlik bilan egallab olish hamda hokimiyat vakolatidan tashqariga chiqish xatti-harakatlari bo‘yicha tergov-surishtiruv ishlari olib borilmoqda. Bu haqda qo‘mita Matbuot xizmati ma’lum qildi.

“Qozog‘iston Respublikasi Milliy xavfsizlik qo‘mitasi sobiq MXQ raisi Karim Masimovga nisbatan davlatga xiyonat bo‘yicha sudgacha tergovni davom ettirmoqda. Mazkur holat yuzasidan hokimiyatni zo‘rlik bilan egallab olish va mansab vakolatlarini suiste’mol qilishga qaratilgan harakatlar yuzasidan qo‘shimcha tergovga qadar tekshiruvlar boshlab yuborilgan”, deyiladi xabarda.

Qayd etilishicha, mazkur jinoyatlarni sodir etishda gumon qilinib, Karim Masimovdan tashqari, MXQ raisining sobiq o‘rinbosari – “A”, Maxsus maqsadli xizmat bo‘limi boshlig‘i A.Sadiqulov va MXQ raisi o‘rinbosari D.Yergojinlar ham qo‘lga olingan. Hozirda tergov davom etmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Qozog‘istonning sobiq Prezidenti Nursulton Nazarboyevning uzoq yillik hamkori, mamalakat Milliy xavfsizlik qo‘mitasi (MXQ) sobiq raisi Karim Masimov davlatga xiyonat qilish fakti bo‘yicha hibsga olingan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

486

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing