Nazarboyevning ukasi va kuyovining yana bir jinoyati fosh bo‘ldi
Olam
−
15 mart 2022
11858Qozog‘istonda mamlakat Birinchi Prezidenti — Elboshi Nursulton Nazarboyevning ukasi Bolat Nazarboyev va kuyoviga aloqador noqonuniy mayning (kriptovalyutalarni ishlab chiqaruvchi fermalar) kompaniyalari aniqlandi. Bu haqda “Orda.kz” Moliya monitoringi agentligiga tayanib, xabar berdi.
Qayd etilishicha, mamlakatdagi 55 ta mayning kompaniyalar faoliyatiga chek qo‘yilgan. Chunki ular o‘z faoliyatini boshlagani haqida vakolatli organni xabardor qilmagan. Bundan tashqari maxsus iqtisodiy zonalardagi energiya manbalariga texnik shartlarni bajarmasdan, noqonuniy ulangan. Shuningdek, soliq va bojxona to‘lovlarini to‘lashdan bo‘yin tovlagan.
“Faoliyatini to‘xtatgan korxonalari orasida pavlodarlik taniqli tadbirkorlar Bolat Nazarboyev, Aleksandr Klebanovga, “QazaqGaz” Milliy kompaniyasi AJ boshqaruvining sobiq raisi aqto‘belik Qayrat Sharipboyev va Qarag‘anda viloyatidagi taniqli tadbirkorlardan biri Yerlan Nigmatulin ham bor”, deyiladi xabarda.
Ma’lumot uchun, Bolat Nazarboyev Birinchi Prezidentning ukasi, Klebanov esa uning ishonchli vakili sanaladi. Qayrat Sharipboyev Nazarboyevning qizi va parlamentning sobiq deputati Darig‘a Nazarboyevaning turmush o‘rtog‘i, Yerlan Nigmatulin esa Nurlan Nigmatulinning ukasi hisoblanadi.
Avvalroq, amaldagi Prezident Qosim-Jomart To‘qayev energetika va muhandislik infratuzilmasini rivojlantirish masalalari bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazgan edi. Yig‘ilishda kriptovalyutalarni noqonuniy ishlab chiqarish uchun juda ko‘p miqdordagi energetikani ishlatish muammaosini hal etish bo‘yicha topshiriq bergan.
LiveBarchasi