Nazarboyev va Lukashenko xalqaro vaziyatni muhokama qildi
Olam
−
15 aprel 2021
4003Belarus Prezidenti Aleksandr Lukashenko Qozog‘istonning Birinchi Prezidenti Nursulton Nazarboyev bilan telefon orqali suhbatlashdi. Bu haqda har ikkala siyosiy liderlarning Matbuot xizmatlari xabar bermoqda.
Tomonlar ikki tomonlama munosabatlarning holati va rivojlanishi, hamkorlikning asosiy yo‘nalishlarini muhokama qilgan.
Bundan tashqari, Aleksandr Lukashenko va Nursulton Nazarboyev suhbatda xalqaro vaziyat masalalariga to‘xtalib o‘tgan. Qozog‘istonning Birinchi Prezidenti ham Belarus atrofidagi vaziyat bilan batafsil qiziqqan.
Asosiy mavzular orasida COVID-19 pandemiyasi, unga qarshi kurash usullari, shuningdek aholini emlash va koronavirusga qarshi vaksina ishlab chiqarish ham bor edi.
Nursulton Nazarboyev Aleksandr Lukashenkoni Qozog‘istonga taklif qilib, Belarusga tashrif buyurish uchun javob taklifini oldi.
LiveBarchasi