Nazarboyev universitetida qizlar zo‘rlanayotgani aytilmoqda. Politsiya tekshiruv boshladi
Olam
−
20 avgust 2022
16238Qozog‘istonning Nur-Sulton shahridagi Nazarboyev universitetida politsiya qizlarni zo‘rlash va tazyiq o‘tkazish haqidagi shikoyatlardan so‘ng tekshiruv o‘tkazmoqda. Bu haqda Qozog‘iston Ichki ishlar vazirligi ma’lum qilgan.
Qayd etilishicha, ijtimoiy tarmoqlarda va Youtube platformasida Adina ismli qizning videomurojaati e’lon qilingan. Unda Nazarboyev universiteti professor-o‘qituvchilari va texnik xodimlari tomonidan ta’qib qilish va zo‘rlash holatlari haqida ma’lum qilingan. Shuningdek, u yuqori kurs talabalari birinchi kurs qizlarini ta’qib qilishi haqida gapirgan.
Bundan tashqari, Adina voyaga yetmagan qizlar ham tazyiqlarga uchrayotganini aytib, ularni jim turmaslikka chaqirgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, bezorilar ta’lim muassasasida mashhur va hurmatga sazovor bo‘lgani sababli, ko‘pchilik tazyiqqa uchraganlarning gaplariga ishonmaydi.
Qozog‘iston IIVga ko‘ra, videomurojaat Yesil tumani IIBda ro‘yxatga olingan. Hozirda politsiya xodimlari tekshiruv o‘tkazmoqda.
LiveBarchasi