Nazarboyev nimalar bilan band ekanini aytdi

Olam

image

Qozog‘istonning Birinchi Prezidenti – Elboshi Nursulton Nazarboyev davlat rahbari lavozimini tark etgach, global yadro xavfsizligi masalalari ustida ishlamoqda, bir qancha davlatlar rahbarlari bilan aloqada bo‘lib, o‘z hayoti va faoliyati xotiralari ustida ishlamoqda. Bu haqda u qozog‘istonlik siyosatshunos Daniyar Ashimbayev bilan suhbatda ma’lum qildi.

“Men global yadroviy xavfsizlik masalalariga vaqt ajratishda davom etaman. Yadroviy arsenaldan voz kechganimizdan keyin Qozog‘iston yadroviy qurolsizlanish bo‘yicha yetakchi sifatida tan olindi. Bundan tashqari, men hayot va faoliyatim haqidagi xotiralar ustida ishlayapman”, degan u. 

Nazarboyevning so‘zlariga ko‘ra, 2019 yilda iste’foga chiqqanidan so‘ng sobiq Prezident bilan ishlagan ko‘plab davlatlar rahbarlari u bilan bog‘lanib, o‘z mamlakatlariga tashrif buyurishni taklif qilgan. 

“Ularning barchasidan minnatdorman. Ayrimlari bilan aloqadaman. Bevosita mening ishtirokim bilan tuzilgan Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi, Turkiy davlatlar tashkiloti meni ushbu tashkilotlarning faxriy raisligiga sayladi. Mening jamg‘armam ham e’tibor talab qiladi”, deya qo‘shimcha qilgan u. 

Sobiq Prezidentning fikricha, siyosatchi iste’foga chiqqanidan keyin uning nima qilishi muhim emas. 

“Siyosatchilar keladi-ketadi, lekin xalq va mamlakat qoladi. Eng muhimi, mamlakatimiz bundan keyin qanday taraqqiy etadi va bizni qanday o‘zgarishlar kutmoqda. Bugun mening fikrim, tilaklarim va duolarim Qozog‘iston farovonligi, barqarorligi va gullab-yashnashi haqida. Avlodlarimiz bizdan ko‘ra ko‘proq ish qilsin. Ularga bu borada chin dildan muvaffaqiyatlar tilayman”, deb so‘zini yakunlagan u. 

Ma’lumot o‘rnida, Qozog‘istonni qariyb 30 yil boshqargan Nazarboyev 2019 yilning 20 martida prezidentlikdan ketgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

237

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing