Nazarbekov Madaniyat vaziri etib tayinlandi. Turizm endi uning nazoratida emas
Madaniyat-san’at
−
27 iyul 2023
12666O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni bilan Ozodbek Ahmadovich Nazarbekov O‘zbekiston Respublikasi madaniyat vaziri lavozimiga tasdiqlandi.
“Bundan ilgariroq Ozodbek Nazarbekovning nomzodi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari tomonidan ma’qullangan edi”, deb xabar bermoqda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov.
Biroq, 2022 yilning dekabr oyida Madaniyat va turizm nomini olgan vazirlik qachon Madaniyat vazirligiga aylantirilgani, qachon undan turizm nomi olib tashlangani ma’lum emas.
QALAMPIR.UZ'ga oid ma’lumotlarga ko‘ra, Prezident kecha, 26 iyul oqshomida Madaniyat va turizm vazirligini Madaniyat vazirligiga aylantirish bo‘yicha hujjatni qabul qilgan. Uzunquloq gaplarga ko‘ra, turizm sohasi yana Aziz Abduhakimov nazoratiga o‘tadi.
Ma’lumot uchun, Nazarbekov nomi bir necha bor o‘zgargan ushbu vazirlikni 2020 yilning sentyabridan beri boshqarib kelmoqda.
LiveBarchasi