Nazarbekda noqonuniy qurilish to‘xtatildi
Jamiyat
−
13 yanvar 2022
6141Toshkent viloyati Zangiota tumanidagi “Nazarbek” QFYda bog‘cha qurilishi lozim bo‘lgan yer tadbirkorga noqonuniy berib yuborilgani aniqlandi. Senatorlar aralashuvidan so‘ng, qurilish ishlari to‘xtatildi. Bu haqda Oliy Majlis Senati Matbuot xizmati ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, joriy yilning 11 yanvar kuni Senatning Fan, ta’lim va sog‘liqni saqlash masalalari qo‘mitasi raisi Odiljon Iminov, Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari qo‘mitasi raisi Malika Qodirxonova vaziyatni o‘rganish maqsadida qurilish ob’ektiga borganlar.
Natijada “Nazarbek” QFYdagi maktab va bog‘cha uchun mo‘ljallangan yer tadbirkorga noqonuniy berib yuborilib, sud qarori bo‘lishiga qaramasdan, qurilish ishlari boshlangani ma’lum bo‘lgan.
“O‘rganish natijasida qurilish ishlari noqonuniy deb topilib, vaqtincha to‘xtatildi. Shuningdek, bu masala tegishli tartibda qayta ko‘rib chiqilishi, ushbu hududda maktab va maktabgacha ta’lim muassasasi tashkil etilishi ta’kidlandi”, deyiladi xabarda.
LiveBarchasi