Nazarbek temir yo‘l kesishmasi avtomobillar uchun noma’lum muddatga yopildi

Jamiyat

image

Nazarbek temir yo‘l bekatining 3363-kilometrida joylashgan qo‘riqlanadigan temir yo‘l kesishmasidan avtomobillar harakati vaqtincha to‘xtatildi. Bu haqda “Toshkent MTU” UK Matbuot xizmati ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, bugungi kunda viloyatlar markazlari bilan bog‘lovchi avtomobil yo‘llarida yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash, transport o‘tkazish qobiliyatini oshirish va aholiga yanada qulaylik yaratish maqsadida Toshkent viloyatining Toshkent tumani hududida 4R253 “Toshkent sh - Turkiston sh/x - Qozog‘iston Respublikasi chegarasi” avtomobil yo‘lining 3- kilometridagi temir yo‘l ostidan yo‘l o‘tkazgich qurish ishlari olib borilmoqda.

Shu munosabat bilan kecha, 8 dekabrdan boshlab Nazarbek temir yo‘l bekatining 3363-kilometrida joylashgan qo‘riqlanadigan temir yo‘l kesishmasidan avtomobillar harakati vaqtincha to‘xtatilgan.

Ma’lum qilinishicha, mazkur hududdagi hamda ushbu hududga kelayotgan avtomobillar “Keles-Nazarbek” temir yo‘l bekatlarining 3359-km 9- piketi va “Nazarbek -Dalaguzar” temir yo‘l bekatlarining 3367 km 1-piketida joylashgan qo‘riqlanmaydigan temir yo‘l kesishmalari orqali harakatlanishlari mumkin.

Ushbu hududda istiqomat qiluvchi aholi hamda barcha haydovchilardan vaqtinchalik yuzaga kelgan noqulaylik uchun uzr so‘ragan holda, temir yo‘l kesishmalaridan o‘tayotganda yo‘l qoidalariga qat’iy rioya qilib, tirbandliklarga yo‘l qo‘ymasdan harakat xavfsizligini ta’minlashga yaqindan yordam berishi so‘ralgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

91

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing