Mirziyoyev Yaqin Sharqdagi vaziyat O‘zbekistonga xavf tug‘dirayotganini aytdi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ilk bor Yaqin Sharqda ro‘y berayotgan voqealarga nisbatan rasman munosabat bildirdi. 

Davlat rahbari Oliy Majlis Senatining birinchi yalpi majlisidagi nutqida, Yaqin Sharqda ro‘y berayotgan beqarorlik O‘zbekistonga ham salbiy ta’sir ko‘rsatayotganini ta’kiladi. 

Davlat rahbari Bosh vazirdan tortib, barcha rahbarlarning 70 foizi hududlarda ishlashi, Prezident ijro bilan emas, aksincha xalqaro munosabatlar bilan shug‘ullanishi kerakligi haqida gapirdi. 

“Kamroq qog‘oz, kamroq majlis, ko‘proq odamlarni rozi qilish bo‘yicha yangi talab qo‘yamiz”, deydi davlat rahbari. 70 foiz rahbarlar hududlarda bo‘ladi. Toshkentdan o‘tirib majlis qilib, ishlanmaydi. Hududlardagi muammolarni joy joyiga qo‘ymas ekanmiz, masalalarni yecholmaymiz. Bosh vazirimiz ham juda katta tajriba orttirdi. Endi bu tajriba natija beradigan vaqt keldi”, deydi davlat rahbari. 

Prezident Yaqin Sharqdagi vaziyat haqida quyidagilarni gapirdi: 

“Prezident ijro bilan shug‘ullanmasligi kerak. Prezidentning xalqaro ishlari bor. Yaqin Sharqdagi vaziyatni ko‘rib turibsizlar. Bu bizga ta’sir qilmaydi, deb o‘ylasizlarmi? Shamoli yetib kelyapti, shamoli. Sezyapmiz biz. Afg‘onistonga iltimos qildik, shartnomamiz bor, biz tarafni tozalab beringlar deb. Xuddiki shartnomani bajargandek, ikki o‘q otib ketyapti. Ammo biz yer tagida ilon qimirlasa bilamiz”.

Juda ko‘p xavf-xatar bizga kelyapti. Yaqin sharqda vaziyat beqaror bo‘lsa, bizda ham xavf-xatar bo‘ladi”, deydi Prezident. 


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

378

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing