Navro‘z bayrami arafasida Erondan charter reyslar yo‘lga qo‘yiladi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2020 yil 9 dekabrdagi O‘zbekistonda turizm sohasini rivojlantirishga bag‘ishlangan videokonferensiyasida keltirilgan topshiriqlar ijrosi yo‘lida Eron va O‘zbekistonning shaharlari o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri parvozlarni tashkil etish bo‘yicha turli uchrashuvlar rejalashtirilgan. Navro‘z bayrami arafasida Erondan charter reyslar yo‘lga qo‘yiladi

Eron Islom Respublikasining “Aseman Airways”  aviakompaniyasi tijoriy direktori Ahmad Assad va “Persian Gulf Tourism Holding” sayyohlik kompaniyasi rahbari Mehrdad Rahmanifar O‘zbekistonga tashrif buyurdi. Delegatsiya a’zolari Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Ulug‘bek Azamov va Transport vaziri o‘rinbosari Jasur Choriyev bilan uchrashdi.

Uchrashuvda Navro‘z bayrami arafasida Tehron-Buxoro va Tehron-Urganch shaharlari o‘rtasida charter reyslarni tashkil qilishga doir masalalar muhokama qilindi. O‘zbekiston tomondan mazkur parvozlarning amalga oshirilishi bo‘yicha barcha turdagi imtiyoz, qulaylik va infratuzilmalar bo‘yicha batafsil ma’lumot berildi.

Shuningdek, Eronda Navro‘z umumxalq bayrami arafasida ko‘plab fuqarolar xorij bo‘ylab oilaviy sayohatlarga otlanishini inobatga olgan holda, O‘zbekistondagi bayram muhiti hamda pandemiya bilan bog‘liq vaziyat barqarorligiga alohida e’tibor qaratildi. O‘zbekiston tomon barcha takliflar qo‘llab-quvvatlanishini ma’lum qildi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

20

Reyting

3.3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing