Navoiydagi metan “zapravka”da Damas yonib ketdi

3-sahifa

image

Navoiy viloyatidagi metan “zapravka”da Damas avtomobili yonib ketdi. Bu haqda “Zamon” informatsion dasturida xabar berildi.

Qayd etilishicha, ushbu voqea joriy yilning 16 dekabr kuni soat 19:25 da Uchquduq tumanidagi metan “zapravka”larning birida yuz bergan. 

Tuman elektr tarmoqlari korxonasiga tegishli Damas'ga haydovchi gaz to‘ldirib, chiqib ketayotganida mashinada to‘satdan yong‘in kelib chiqqan.

Dastlabki o‘rganishlarga ko‘ra, yong‘inga mashinaning texnik nosozligi sabab bo‘lgan. Yong‘in o‘t o‘chiruvchilar va “zapravka” xodimlari yordamida o‘chirilgan.

Yong‘in oqibatida jarohat olganlar yo‘q, shuningdek zapravkaga ham zarar yetmagan.

“Shu o‘rinda fuqarolardan avtomobilni haydashdan oldin avval uning texnik holatini tekshirishlarini, mashina texnik soz bo‘lgandagina yo‘lga chiqishlarini so‘rab qolamiz”, deydi tuman Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi inspektori.

Avvalroq, Andijonda poyezd 34 yashar yigit boshqaruvida bo‘lgan Damas avtomobilini urib yuborgani haqida xabar berilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

227

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing