Navoiydagi AGTKSHda Labo yonib ketdi
3-sahifa
−
06 avgust 2021
2749Bugun, 6 avgust kuni Navoiy shahri, "Kimyogar" MFYdagi avtomobilga gaz to‘ldirish kompressor shoxobchasida Labo yonib ketdi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar berdi.
Xabarga ko‘ra, yong‘in A.Temur ko‘chasida joylashgan "Zarafshon Fayz Oil” MJCHga qarashli AGTKSHdan yoqilg‘i quyib chiqib ketayotganda sodir bo‘lgan.
Ma’lumot berilishicha, soat 09:21 da boshlangan yong‘in 3 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji tomonidan 09:25 da bartaraf etilgan. Yong‘in oqibatida avtomobilning motor, salon, kuzov qismlari va avtomobilning shinalari yonib ketgan.
Hodisa oqibatida jabrlanganlar yo‘q.
Hozircha yong‘in sababi aniq emas.
Avvalroq, Toshkent shahrining Chilonzor tumanida harakatlanib ketayotgan Hyundai Sonata rusumli avtomobil yonib ketganligi haqida xabar bergandik.
Durdona Pirnazarova
LiveBarchasi