Navoiyda jarima va davlat boji uchun to‘langan mablag‘lar talon-toroj qilindi

Jamiyat

image

Navoiy viloyati Karmana tumanida ma’muriy jarima va davlat bojlari uchun amalga oshirilgan to‘lovlarni talon-toroj qilinganligi fosh etildi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar bermoqda.  

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Karmana tuman bo‘limi tomonidan Markaziy bank Navoiy viloyati bosh boshqarmasining tekshirish dalolatnomasiga asosan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda,  AT “Xalq banki” Karmana filiali moddiy javobgar shaxslari 2020 yil davomida 414 holatda ma’muriy jarima va davlat bojlari uchun amalga oshirilgan to‘lov kvitansiyalarini soxtalashtirib, to‘lovlarni bank dasturidan o‘tkazmasdan byudjetga 57,5 mln so‘m zarar yetkazganliklari aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (talon-toroj qilish), 228-moddasi (hujjatlarni qalbakilashtirish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib,  tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

126

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing