Navoiyda o‘zini shifoxonaning 3-qavatidan tashlagan bemor haqida qo‘shimcha ma’lumotlar berildi

3-sahifa

image

Navoiyda o‘zini shifoxonaning 3-qavatidagi derazadan tashlagan fuqaro vafot etdi. U Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Navoiy filialiga 16 oktyabr kuni bosh miya yopiq jarohati, bosh miya chayqalishi, bosh ensa sohasi yumshoq to‘qimalari lat yeyishi va tutqanoq xuruji dastlabki tashxisi bilan yotqizilgan. Ikki kun o‘tib, 18 oktyabr kuni noma’lum sabablarga ko‘ra, o‘zini 3-qavatdan tashlagan. Bu haqda SSV xabar berdi.

Qayd etilishicha, bemorning shifoxona 3-qavatidan o‘zini tashlab yuborgan holati yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Aniqlanishicha, joriy yil 16 oktyabr kuni soat 14:10 lar atrofida Navbahor tumanida yashovchi (Karmana tumanida doimiy ro‘yxatda turgan) 1968 yilda tug‘ilgan fuqaro S.S. Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Navoiy filialiga bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, umumiy quvvatsizlik shikoyatlari bilan murojaat qilib kelgan. Bemorning so‘zlariga ko‘ra, unda shifoxonaga kelishidan 30 daqiqa avval ko‘chada tutqanoq xuruji kuzatilgan.

Tekshiruvlar natijasida fuqaro S.S.ga bosh miya yopiq jarohati, bosh miya chayqalishi, bosh ensa sohasi yumshoq to‘qimalari lat yeyishi va tutqanoq xuruji dastlabki tashxisi qo‘yilgan.

Shundan so‘ng u muassasaning neyroxirurgiya bo‘limiga yotqizilib, belgilangan standartlar bo‘yicha tibbiy tekshiruvlardan o‘tkazilgan va zarur muolajalarni olgan.

Shuningdek, bugun bemorda kunning birinchi yarmida yuqori diagnostik — MSKT tekshiruvi o‘tkazilib, uning bosh miya sohasida organik o‘zgarishlar aniqlanmagan. 
  
Biroq 18 oktyabr kuni soat 15:00 lar atrofida bemor S.S. 3-qavatdagi 2-palata derazasidan noma’lum sabablarga ko‘ra o‘zini tashlab, vafot etgan.

Hozir huquq-tartibot idoralari tomonidan ushbu holat yuzasidan tegishli surishtiruv ishlari olib borilib, voqea sabablari aniqlanmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

814

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing