Navoiyda tadbirkorning yerini 150 ming dollarga sotmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi
Jamiyat
−
17 mart 2021
3279Navoiy shahrida tadbirkorga tegishli yer maydonini 150 ming AQSH dollariga sotmoqchi bo‘lgan firibgar ushlandi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar bermoqda.
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Navoiy shahar bo‘limi tomonidan DXXning viloyat boshqarmasi bilan hamkorlikda tadbirkorlik sub’ektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro X.T. noqonuniy daromad orttirish maqsadida fuqaro O. ning ishonchiga kirib, aslida “T.” MCHJga qarashli M.Torobi ko‘chasida joylashgan 200 kv metr yer maydonini 150 ming AQSH dollariga sotishga kelishib, 70 ming AQSH dollarini firibgarlik yo‘li bilan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan X.T. ga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
LiveBarchasi