Navoiyda tadbirkor 212 mlnlik gazni o‘margani aniqlandi

Jamiyat

image

Navoiy viloyatining Karmana tumanida tabiiy gaz tarmog‘iga noqonuniy ulangan “Issiqxona” aniqlandi. Noqonuniy ulanish 200 mln so‘mdan ortiq zarar keltirgan. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar qildi.

Departamentning Navoiy viloyati boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, Karmana tumani “Do‘stlik” MFYda joylashgan “U.D.” MCHJga qarashli issiqxona tabiiy gazdan qarzdorligi sababli tarmoqdan uzilgan bo‘lsa-da, MCHJ mas’ul shaxslari o‘zboshimchalik bilan qayta ulanib, tabiiy gazdan noqonuniy foydalanib kelgani aniqlangan. 

Natijada, davlat va jamiyat manfaatlariga 212,6 mln so‘m zarar yetkazilgan, shuningdek “Karmanatumangaz” gaz ta’minoti bo‘limi mas’ul shaxslari MCHJ tomonidan 2021 yilda tarmoqqa qayta ulanganligi holati yuzasidan tuzilgan dalolatnoma bo‘yicha qayta hisob-kitob ishlarini amalga oshirmasdan, iste’molchiga tabiiy gaz yetkazib berishni to‘xtatmagan. Oqibatda, “Hududgaz Navoiy” gaz ta’minoti filiali manfaatlariga zarar yetkazilganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 185-2-moddasi (elektr, issiqlik energiyasi, gaz, vodoprovoddan foydalanish qoidalarini buzish) va 205-moddasi (hokimiyat yoki mansab vakolatini suiiste’mol qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

71

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing