Navoiyda simyog‘ochga chiqqan yigit tok urishi oqibatida vafot etdi

3-sahifa

image

Navoiy viloyatida elektr qurilmalarni ekspluatatsiya qilish uchun simyog‘ochga chiqqan yigit tok urishi oqibatida vafot etdi. Bu haqda “Navoiy hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ Matbuot xizmati xabar berdi.

Aniqlanishicha, Navbahor tumani “Yangiyo‘l” mahallasida yashavchi O.A. ismli yigit joriy yil 1 avgust kuni soat 09:30 lar atrofida elektr qurilmalarni ekspluatatsiya qilishda xavfsizlik texnikasi qoidalari talablarini bajarmasdan, o‘zboshimchalik bilan simyog‘ochga chiqqan. Oqibatda tok urib, voqea joyida vafot etgan.

Qayd etilishicha, tarmoq “Yangiqo‘rg‘on” podstansiyasidan chiquvchi 10 kilovattli “Oxunboboyev” shoxobchasiga ulangan transformatordagi avtomatga ulangan.  

Hodisa joyi xodimlar tomonidan o‘rganilganda, xavfsizlik texnikasi va elektr uskunalarni ekspluatatsiya qilish qoidalaridan chetga chiqish holatlari aniqlanmagan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

325

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing