Navoiyda shogird ustozining qotiliga aylandi

Jamiyat

image

Navoiyda shogird ustozi bilan o‘rtasida yuz bergan janjal oqibatida qotilga aylandi. Bu haqda viloyat IIB xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Navoiy viloyatining Uchquduq tumanida yashovchi Uchquduq tumani fuqarolari — 32 yoshli U.U. hamda 62 yoshli V.M. uzoq yillardan buyon ustoz-shogird sifatida avtomashinalarni ta’mirlab kelgan.

Joriy yilning 2 avgust kuni soat taxminan 22:30 da ustoz hamda shogird tumanning “Do‘stlik” mahallasida joylashgan garajda spirtli ichimlik iste’mol qilib, o‘zaro janjallashib qolgan. 

Mast holda bo‘lgan U.U ustozi V.M.ni urib, do‘pposlagan. bearmon kaltaklangan V.M. o‘z vaqtida tez tibbiy yordam chaqirilmagani oqibatida voqea joyida vafot etgan. Hozirda holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Ahrorbek Hayrullayev


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

1018

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing