Navoiyda ruhiy xasta yigit o‘z onasini pichoqlab o‘ldirdi
Jamiyat
−
04 may 2021
8515Joriy yilning 27 aprel sanasida Navoiy viloyatining Xatirchi tumani “Guliston” MFYda sodir bo‘lgan mudhish holatni eshitgan kishi borki, bu qismatni hech bir insonga ravo ko‘rmaydi. Bundan 30 yil oldin dunyoga keltirgan farzandini parvarishlagan ona o‘z farzandi tomonidan, vahshiylarcha pichoqlandi. Bu haqda Zamon informatsion dasturida ma’lum qilindi.
Mazkur hodisaning gumondori bo‘lgan B. bir necha yillardan beri ruhiy xastalik sabab profilaktik hisobda turgan.
Ta’kidlanishicha, bu kabi kasallik mavjud bo‘lgan bemorlarda jizzakilik kuchayib, o‘zini-o‘zi boshqarish qobiliyati biroz susayadi. O‘sha kungi hodisa ham aynan ana shunday xuruj tufayli yuzaga kelgan.
Ma’lum qilinishicha, xonadondagi chaqaloq yig‘isi ruhiy xasta bemorga yoqmay, kelinoyisiga tanbeh beradi. Shu paytda o‘zaro tortishuv va janjal kelib chiqadi. O‘g‘li va kelinini tinchlantirishga uringan ona esa o‘z ko‘ksiga urilgan pichoq zarbini sezmay qolgan. O‘g‘il esa qilgan ishini idrok etadigan holatda bo‘lmagan.
Ushbu hodisa sodir bo‘lganidan ikki soat o‘tib, ona tuman tibbiyot birlashmasida vafot etgan.
Sardor Nurmatov
LiveBarchasi