Navoiyda oltin kompleksi quriladi
Jamiyat
−
17 Sentabr 2021
6659Joriy yilning 10 sentyabr kuni O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasining “Pistali” konida tarkibida oltin bo‘lgan ma’danlarni qazib olish va qayta ishlash kompleksini qurish (6-GMZ)” investitsiya loyihasining TIAni tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarorni qabul qildi.
Ma’lum qilinishicha, investitsiya loyihasining qiymati 274 668,9 ming dollarni tashkil etadi. Ob’ektni 2024 yil dekabr oyida foydalanishga topshirish yiliga tarkibida oltin bo‘lgan 4 mln tonna hajmdagi ma’danlarni qazib olish bo‘yicha qo‘shimcha quvvatlar tashkil etish imkonini beradi.
Shu bilan birga, loyihani amalga oshirish uchun 245 070 ming dollar miqdorida 5 yil muddatga uch yillik imtiyozli davr bilan xorijiy kreditlar jalb qilinishi haqida ham ma’lumot berildi.
“Navoiy KMK” AJ qarz oluvchi bo‘lib, investitsiya loyihasining amalga oshirilishi, xorijiy banklarning kreditlaridan maqsadli hamda samarali foydalanilishi uchun mas’ul hisoblanadi.
LiveBarchasi