Navoiyda gaz balonli Nexia yonib ketdi

Jamiyat

image

Kecha, 26 sentyabr kuni soat 12:34 da Navoiy shahri Tinchlik qo‘rg‘oni S.Ayniy ko‘chasida  “Temir yo‘l transport boshqarmasi” MCHJga qarashli Nexia rusumli avtomobilda yong‘in kelib chiqqan.

Voqea joyiga ikkita yong‘in o‘chirish bo‘linmalari jalb etilgan. Bo‘linmalar chaqirilgan manzilga uch daqiqada yetib borgan va yong‘in soat 12:39 da qurshab olinib, soat 12:42 da to‘liq bartaraf etilgan.

Yong‘in oqibatida Nexia rusumli avtomobil to‘liq yongan.

Hodisaning kelib chiqish sababi yuzasidan dastlabki surishtiruv ishlari olib borilganda, avtomobilda harakatlanib ketayotgan haydovchi yoqilg‘i hidini sezib, avtomobilni yo‘l chetida to‘xtatgani va qaytadan o‘t oldirgan vaqtida alanga yuzaga kelgani hamda yong‘in o‘chirish bo‘linmalari yetib kelgan vaqtda avtomobilga o‘rnatilgan 65 litr sig‘imdagi propan gaz balloni yong‘in oqibatida yorilgani ma’lum bo‘lgan.

Tan jarohati olganlar va halok bo‘lganlar yo‘q. Yong‘in sababi hamda moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Navoiyda avtomobil' yonib ketdi

Baholaganlar

71

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing