Navoiyda Matiz ag‘darilib ketdi. Bir kishi vafot etgan

3-sahifa

image

Joriy yilning 3 yanvar kuni soat 15:35 larda Tomdi tumanida 1991 yilda tug‘ilgan haydovchi M.O. Matiz rusumli avtomobilida “Utamurot-Tomdi” yo‘nalishi bo‘ylab xarakatlanib kelgan. Tezlikni me’yoridan oshirishi oqibatida avtomobil o‘z harakat yo‘nalishiga nisbatan yo‘lning o‘ng tomon, cho‘l hududiga chiqib ketib, ag‘darilgan. Bu haqda Navoiy viloyati IIB YHXB xabar bermoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, hodisa oqibatida haydovchi bosh miya yopiq jarohati, bosh miya chayqalishi tan jarohatlari olib, Tomdi tumani tibbiyot birlashmasiga yotqizilgan.

Avtomashinada yo‘lovchi sifatida ketayotgan 1991 yilda tug‘ilgan S.K. esa, olgan og‘ir tan jarohatlari natijasida voqea joyida vafot etgani ma’lum qilindi.

Mazkur holat yuzasidan Tomdi tuman IIB tomonidan fuqaro M.O.ga nisbatan  jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov-surishturuv ishlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

90

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing