Navoiyda maktab direktori emlanmagan o‘qituvchilarni yoppasiga “ishdan bo‘shatdi”

3-sahifa

image

Ijtimoiy tarmoqda maktabi direktori COVID-19'ga qarshi vaksina olmagan 20 nafar o‘qituvchini ishdan bo‘shatgani haqida xabar tarqaldi. Ushbu holat yuzasidan Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining Matbuot xizmati rasmiy munosabat bildirdi.  

Qayd etilishicha, holat Navoiy viloyati Qiziltepa tumani xalq ta’limiga qarashli 12-umumiy o‘rta ta’lim maktabida sodir bo‘lgan. Maktab direktori koronavirusga qarshi emlanmagan 20 nafar o‘qituvchini ishdan bo‘shatish haqida qaror qabul qilgan.

Ma’lum qilinishicha, Davlat mehnat inspeksiyasi tomonidan maktab direktori nomiga yozma ko‘rsatma kiritilib, buyruqlar bekor qilingan. 

Shuningdek, maktab direktoriga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 49-moddasi 1-qismiga asosan ma’muriy jarima qo‘llanilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

301

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing