Navoiyda o‘qituvchi YTH qurboni bo‘ldi

3-sahifa

image

Navoiy viloyati Qiziltepa tumanida Lada Niva haydovchisi yo‘l chetidan ketayotgan o‘qituvchini urib yuborib, voqea joyidan qochib ketishi natijasida u vafot etdi. Bu haqda “Bu kun” informatsion dasturida xabar qilindi.

Joriy yilning 19 noyabr kuni soat 16:30 larda Qiziltepa tumani hududidan o‘tgan Samarqand-Buxoro-Turkmanboshi xalqaro ahamiyatga ega avtomobil yo‘lida 1978 yilda tug‘ilgan fuqaro Lada Niva rusumli avtomashinasini boshqarib kelayotib, yo‘lning o‘ng chetida yurib ketayotgan fuqaroni urib yuborgan. Natijada 1972 yilda tug‘ilgan maktab o‘qituvchisi olgan og‘ir tan jarohati natijasida vafot etgan.

Ma’lum bo‘lishicha, spirtli ichimlik iste’mol qilgan haydovchi jabrlanuvchiga tez tibbiy yordam ko‘rsatmasdan voqea joyidan qochib ketgan va jinoyatini berkitish uchun mashinasini yaqin atrofdagi qamishzorga yashirib qo‘ygan.

Mutasaddi organlar tomonidan voqea sodir bo‘lgan hudud o‘rganilganda, yo‘l belgilari bilan bog‘liq muammolar aniqlanmagan. 

Mazkur holat yuzasidan Qiziltepa tumani IIB tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan bo‘lib, Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan tergov harakatlari olib borilmoqda.

Dinara Yusupova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

109

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing