Navoiyda fermer “uchastkoviy”ga ayolni kaltaklatgani aytildi. Holat bo‘yicha izoh berildi

Jamiyat

image

Ijtimoiy tarmoqlarda Navoiy viloyatining Xatirchi tumani, “Uchqara” MFYda yashovchi fuqarolar tomonidan fermer bir nogiron ayolni uchastka nozirlariga urdirgani tasvirlangan video tarqaldi. Ushbu holat yuzasidan Navoiy viloyati Ichki ishlar boshqarmasi ma’lumot berdi. 

Qayd etilishicha, fuqarolik ishlari bo‘yicha Xatirchi tuman sudining joriy yil 10 martidagi “N.Ch.B” fermer xo‘jaligiga tegishli bo‘lgan 162-konturdagi fuqaro T.T. tomonidan o‘zboshimchalik bilan egallab olingan bir gektar tokzor yer maydonidan majburiy tartibda chiqarish bo‘yicha qarori chiqarilib, ijroga qaratilgan.

Shuningdek, joriy yilning 2 iyul kuni Xatirchi tumani, “Uchqora” MFY hududida “N.Ch.B” fermer xo‘jaligi raisi Ch.N. fuqaro M.T. va boshqalar bilan o‘zaro janjallashib, bir-birlarini kamsituvchi so‘zlar bilan haqorat qilib, tan jarohati yetkazgan. 

Holat yuzasidan tuman IIB tomonidan tergovga qadar tekshirish harakatlari o‘tkazilib, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 41-moddasi va 52-moddasi 2-qismi bilan ma’muriy ish qo‘zg‘atilib, to‘plangan hujjatlar jinoyat ishlari bo‘yicha tuman sudiga yuborilgan va sudning qaroriga asosan jarima jazosi tayinlangan.

Bundan tashqari, joriy yilning 20 avgust kuni “N.Ch.B” fermer xo‘jaligi raisi Ch.N yer maydonidagi uzum mahsulotlarini yig‘ishtirib olish maqsadida borgan vaqtida, fuqaro T.T.ning turmush o‘rtog‘i M.T. va uning o‘g‘li U.T. o‘zboshimchalik bilan fermerga tegishli bo‘lgan uzum mahsulotlarini yig‘ib, xirmonga yoyib qo‘yishgan.

Shundan so‘ng, xo‘jalik raisi tuman IIBning Huquqbuzarlik boshqarmasi inspektoriga qo‘ng‘iroq qilib, uzum hosilini olib ketishda janjal bo‘lishi mumkinligi haqida ogohlantirib, vaziyatni aytganligi sababli profilaktika inspektorlari voqea joyiga yetib borishgan.

IIB HPB profilaktika inspektorlari dalolatnoma rasmiylashtirayotganida fuqaro M.T. qo‘liga tayoq ko‘tarib kelib, fermer xo‘jaligi raisi Ch.N.ni urmoqchi bo‘lgan vaqtida profilaktika inspektori uni qaytarib qolish uchun qo‘lidan ushlab, tayog‘ini olib qo‘yganligi aniqlangan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

223

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing