Navoiyda bemorning onasini zo‘rlab kelgan shifokorning boshlig‘i ishdan olindi

Jamiyat

image

Avvalroq, Navoiyda farzandiga kasallik varaqasini berish uchun onasini jinsiy aloqa qilishga majburlab kelgan shifokor qo‘lga olingani haqida xabar bergandik. Ushbu holat yuzasidan Sog‘liqni saqlash vazirligi qo‘shimcha ma’lumot berdi.

Qayd etilishicha, ayni damda voqea yuzasidan huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan surishtiruv ishlari davom ettirilmoqda.

Shu bilan birga, jamoada odob-axloq qoidalarini nazorat qilishda sustkashlikka yo‘l qo‘yganligi va qo‘l ostidagi xodimlari ustidan yetarli nazorat o‘rnatmagani uchun markaz direktori Sh.X. egallab turgan lavozimidan ozod etilgan. 

Xabarda ta’kidlanishicha, vazirlikning Komplayens, ichki audit va moliyaviy nazorat xizmatiga tegishli tartibda tekshiruv o‘tkazish bo‘yicha topshiriq berilgan. 

Gap shundaki, Navoiy viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi Nevrologiya bo‘limi mudiri vazifasida ishlagan K.R. tibbiyot xodimiga noloyiq xatti-harakatalarni sodir etib, o‘z shahvoniy hirsini qondirish maqsadida bo‘limda davolanish uchun yotgan ikkinchi guruh nogironi G.I.ning onasi T.L.ni farzandining davolanganligi bo‘yicha kasallik varaqasi (ko‘chirma)ni bir yarim oy davomida bermasdan kelgan, ayolning qarshiligiga qaramasdan kasallik varaqasini berish uchun u bilan jinsiy aloqa qilishga majburlagan. 

Joriy yilning 12 fevral kuni esa Navoiy viloyati IIB Jinoyat qidiruv boshqarmasi Korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari tomonidan Navoiy shahar Guliston-2 MFY 2-uyning beshinchi qavatidagi raqamsiz xonadonga K.R. o‘zi bilan T.L.ni olib kirgan vaqtida  ushlangan.

Jinoyat Kodeksining 121-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

1169

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing