Navoiyda behayo qiliqlar bilan qizlarning sha’nini bulg‘aganlar ushlandi

Jamiyat

image

Ijtimoiy tarmoqlarda betayin qiliqlar bilan ko‘pchilikning e’tirozi va nafratiga sabab bo‘lgan ikki yigit navoiylik qizlarning sha’nini bulg‘ashga uringani aks etgan videolavha tarqaldi. Vaziyat yuzasidan Navoiy viloyati IIB Axborot xizmati izoh berdi

Ma’lum qilinishicha, holatni zudlik bilan Ichki ishlar boshqarmasi o‘z nazoratiga olgan hamda gumonlanuvchi yigitlarning shaxsiga oydinlik kiritilgan. Qisqa fursatlarda olib borilgan surishtiruv harakatlari davomida mazkur fuqarolar Navoiy shahrida istiqomat qiluvchi S.T. hamda B.B. ekani aniqlangan. 

Ushbu voqea 8 aprel kuni tungi soat 22:00 larda tasvirga olingan. Yigitlarning aytishicha, bu shunchaki hazil tariqasidagi video bo‘lib,  ular qilgan ishidan chin dildan pushaymonligini bildirib, navoiylik barcha xotin-izlardan uzr so‘ragan. 

Hozirda holat yuzasidan yig‘ilgan materiallar qonuniy chora ko‘rish maqsadida Jinoyat ishlari bo‘yicha Navoiy shahar sudiga yuborilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

699

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing