Navoiyda ayol uxlab yotgan erini bolta bilan chopib tashladi

3-sahifa

image

Navoiyda ikki bolaning onasi bo‘lgan ayol turmush o‘rtog‘ini uxlab yotgan joyida 13 marta bolta bilan urib, o‘ldirib qo‘ydi. Bu haqda "Yangi davr" ko‘rsatuvida ma’lum qilindi.

Qayd etilishicha, 2021 yilning 1 avgust kuni Navbahor tumanining “Kelachi” mahallasida yashovchi ayol o‘zaro mojarodan g‘azablanib, uxlab yotgan erining bo‘yniga bolta bilan urgan. Erkak birinchi zarbadayoq o‘lishiga qaramay, tanaga yana 13 marta zarba bergan.

Qotillikdan so‘ng, tanasiga qon sachragan o‘g‘lini yuvintirib, ota uyiga ketgan. Jinoyat izini yo‘qotish uchun kelinlik uyiga o‘t qo‘ymoqchi bo‘lgan, ammo uddalay olmagan.

Xabarga ko‘ra, Jinoyat ishlari bo‘yicha Konimex tuman sudi tomonidan ayolga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 59-moddasiga asosan, jazolarni qisman ko‘rish yo‘li bilan uzil-kesil 16 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan. Jazoni ayol umumiy tartib koloniyalarida o‘taydi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

1675

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing