Navoiyda “Afrosiyob” qo‘ylar podasini urib yubordi. Lekin cho‘pon jazoga tortildi (video)

Jamiyat

image

Ijtimoiy tarmoqlarga Navoiyda “Afrosiyob” poyezdi temir yo‘ldan o‘tayotgan qo‘ylarni urib yuborgani aks etgan video tarqaldi. Holat yuzasidan “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ munosabat bildirdi. 

Qayd etilishicha, joriy yilning 24 yanvar kuni “Toshkent – Buxoro” yo‘nalishida yuqori tezlikda harakatlanuvchi 770-sonli “Afrosiyob” poyezdi Malikobod-Qiziltepa bekatlari oralig‘ida harakatlanayotganda, qo‘ylar podasidan bir necha bosh qo‘ylarni urib yuborgan.

Aniqlanishicha, 1000ga yaqin qo‘y podasi temir yo‘lni noto‘g‘ri joydan kesib o‘tib, himoya panjarasini buzgan. Lekin voqea joyidan 300 metr uzoqlikda chorva mollarini haydash uchun maxsus ajratilgan joy mavjud bo‘lgan.

Mazkur holat yuzasidan tekshiruv o‘tkazilib, tegishli hujjatlar rasmiylashtirilgan. Qo‘ylar egasi qoidalarni buzganligi va “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJga yetkazilgan zarar uchun ma’muriy jazoga tortilgan.

Hozirda “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rahbariyati tomonidan mazkur hudud bo‘ylab qo‘shimcha panjara (ikki qavatli to‘siq) o‘rnatib, eski panjaralarni tiklash va qo‘shimcha panjaralarni o‘rnatish ishlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, 2022 yilning noyabr oyida Surxondaryo viloyatida “Jiguli VAZ-2106” rusumli avtomobil 30 ta qo‘ylar podasini urib yuborgan.

Ozoda Choriyeva


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing