Navoiyda aholi uchun ajratilgan 7,2 tonna gazni sotayotganlar ushlandi

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

Navoiy viloyati Xatirchi tumanida aholi ehtiyoji uchun ajratilgan suyultirilgan gaz talon-toroj qilingani fosh etildi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.

Bosh prokuratura huzuridagi Departament, DXX hamda IIBning Navoiy viloyati boshqarmalari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda “Xatirchi-Uchqara” gaz to‘ldirish shahobchasi mansabdor shaxslari fuqaro S.A. ga aholi iste’moli uchun ajratilgan 7,2 tonna suyultirilgan gazning har bir kilogrammini 2,5 ming so‘mdan hisoblab, 300 AQSH dollari va 14,9 mln so‘mga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Bundan tashqari, shahobcha mansabdor shaxslari umumiy qiymati 16,2 mln so‘lik 5 tonna suyultirilgan gazni hisobotlarga qo‘shib yozish orqali ortiqcha chiqim qilib, o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-toroj qilganliklari aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (talon-toroj qilish) va 209-moddasi (mansab soxtakorligi) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

58

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing