Navoiyda 450 dan ortiq kishini chuv tushirgan jinoiy guruh aniqlandi

Jamiyat

image

Navoiyda odamlarning bank kartalaridan pul yechib olish bilan shug‘ullangan jinoiy guruh aniqlandi. Bu haqda Kiberxavfsizlik markazi matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Zarafshon shahrida yashovchi N.M. ijtimoiy tarmoqda noma’lum shaxs yolg‘on xabar orqali uning bank kartasi boshqaruvini qo‘lga kiritib, jami 2 mln 780 ming so‘m pullarini yechib olgani haqida xabar bergan.

Olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida ushbu jinoyatni bir guruh shaxslar o‘zaro jinoiy til biriktirib sodir etgani aniqlangan. Jinoiy guruh a’zolari Navoiy viloyati Xatirchi tumanida yashovchi, muqaddam sudlangan A.A. va uning akasi A.Sh., Buxoro viloyati Kogon tumanida yashovchi, Tojikiston fuqarosi N.B. va uning o‘g‘li B.D. ekani ma’lum bo‘lgan.

Aniqlangan ma’lumotlarga ko‘ra, guruh soxta havolalardan foydalanib, ijtimoiy tarmoqlarda yolg‘on xabarlarni tarqatib jami 454 nafar fuqaroning bank kartalari boshqaruvini qo‘lga kiritib, juda ko‘p miqdordagi pullarni o‘zlashtirgan.

Hozirda guruh a’zolariga nisbatan Jinoyat Kodeksining 168-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Ozoda Choriyeva


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

336

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing