Navoiyda 3 yoshli farzandini 60 mln so‘mga sotmoqchi bo‘lgan ayol ushlandi

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

Navoiy viloyati Uchquduq tumanida 3 yoshli farzandini sotmoqchi bo‘lgan ayol qo‘lga olindi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar bermoqda.

Ma’lum qilinishicha, Bosh prokuratura huzuridagi Departament, Davlat xavfsizlik xizmati hamda IIB Uchquduq tumani bo‘limlari tomonidan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro D.B. (ayol) 2018 yilda tug‘ilgan qiz farzandini fuqaro I.ga 60 mln so‘mga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan D.B.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 135-moddasi (odam savdosi) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Buxoroda yangi tug‘ilgan nabirasini 8 mln so‘mga sotmoqchi bo‘lgan ayol qo‘lga olingan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

91

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing