Navoiyda 2,3 kg sof oltinni sotmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi

3-sahifa

image

Navoiyda umimiy qiymati 2,3 kilogramm sof quyma oltinni qariyb 2,5 milliard so‘mga xarid qilib, muomalaga kiritmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti Matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, fuqaro S.N. sof quyma oltinni o‘tkazish maqsadida, fuqaro R.dan 548 gramm sof quyma oltinni 328,5 million so‘mga, fuqaro B.dan 1,7 kilogramm sof quyma oltinni 1,7 milliard so‘mga xarid qilgan.

Ma’lum qilinishicha, S.N. Navoiy-Samarqand yo‘nalishida Nexia-2 rusumli avtotransport vositasida harakatlanib kelayotgan vaqtida ushlangan. Xarid qilingan jami 2,3 kg sof quyma oltin parchalari ashyoviy dalil sifatida olib qo‘yilgan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 177-moddasi (valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki o‘tkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

oltin

Baholaganlar

839

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing