Navoiy viloyatiga hokim tayinlandi

Jamiyat

image

Xalq deputatlari Navoiy viloyati Kengashining bugun, 25 noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tayotgan sessiyasida Normat To‘lqunovich Tursunov nomzodi viloyat hokimligiga tasdiqlandi. Bu haqda Prezident Matbuot kotibi Sherzod Asadov ma’lum qildi. 

Viloyat hokimligiga nomzodning taqdimotidan so‘ng Kengash deputatlari nomzodning taklif va rejalarini muhokama qildi, o‘z fikr-mulohazalarini bildirgan.

So‘ng Navoiy viloyati hokimini tayinlash masalasi ovozga qo‘yildi. Ovozga qo‘yish natijalariga ko‘ra, Normat Tursunov Navoiy viloyatining hokimi etib tasdiqlandi. 

Sessiya yakunida Prezident Shavkat Mirziyoyev xalq vakillari tomonidan yuksak ishonch bildirilgan Normat Tursunov endi o‘z faoliyatida adolat, sadoqat, halollik va fidoyilik bilan ko‘p yillar Navoiy viloyati ahliga xizmat qilishi lozimligini aytdi. 

Yangi hokim bugundan boshlab o‘zining o‘rinbosarlari, tuman va shaharlar hokimlari, sektor rahbarlari, faollar, tadbirkorlar va yoshlarni birlashtirib, har bir tuman va shaharni, qishloq va mahallani rivojlantirish choralarini ko‘rishi lozimligi ta’kidlandi.

Eslatib o‘tamiz, Normat Tursunov 2021 yilning 8 noyabr kuni viloyatni ko‘p yillar boshqargan Qobul Tursunovning iste’fosidan so‘ng viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlangan edi. 


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

280

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing