Jurnalist Ruxsora Karimova YTHda halok bo‘ldi
Madaniyat-san’at
−
14 iyul 2022
53262Navoiy viloyati teleradiokompaniyasi jurnalisti Ruxsora Karimova Yo‘l-transport hodisasi oqibatida halok bo‘ldi. Bu haqda uning hamkasblari Facebook sahifasida yozib qoldirgan.
Ma’lum qilinishicha, 37 yoshli Ruxsora Karimova ish bilan Toshkentga kelayotgan vaqtida YTHga uchragan.
“Ruxsora Karimova samimiy edilar, shiddati o‘ziga sig‘mas, harakati shoshirib qo‘yardi. Navoiy viloyati Teleradiokompaniyasi ijodkorlari orasida o‘z ovozi, yo‘nalishiga ega qalamkashlardan edi. Xonasiga kirsam keling deya kulib turardi, orzulari olamcha ayol, farzandlariga mehribon ona, dilkash do‘st edi”, deb yozgan hamkasblaridan biri.
QALAMPIR.UZ marhumaning oila a’zolari va yaqinlariga hamdardlik bildiradi.
LiveBarchasi