Navoiy hokimiga yangi “zam” tayinlandi
Jamiyat
−
02 may 2023 7996 1 daqiqa
Islomiddin Nomoz o‘g‘li Norimov Navoiy viloyati hokimi o‘rinbosari – investitsiyalar va tashqi savdo boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. Bu haqda viloyat hokimligi Matbuot xizmati xabar berdi.
Tayinlovga qadar u O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi Axborot-tahlil bosh boshqarmasi axborot ta’minoti boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.
Ma’lumot uchun, Islomiddin Norimov 1991 yilda Samarqand viloyatida tug‘ilgan. 2015 yilda Samarqand iqtisodiyot va servis institutining bakalavr bosqichini, 2021 yilda Janubiy Koreyaning Seul universiteti magistratura bo‘limini tamomlagan.
Eslatib o‘tamiz, bugun, 2 may kuni Akramjon Abduvahobovich Abduhamidov Namangan viloyati hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari – viloyat iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish bosh boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlangandi.
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr