Rossiya deputatlarini ham urushga yuborishi mumkin

Olam

image

Rossiya Davlat Dumasi spikeri Vyacheslav Volodin parlament quyi palatasi apparatining zarur harbiy mutaxassislik va ko‘nikmalarga ega bo‘lgan deputatlari va xodimlarini Ukrainadagi urushga safarbar etishni taklif qildi. Bu haqda u parlament yig‘ilishida aytib o‘tgan.

"Bizning yordamchilarimiz bor, katta apparatimiz bor. Keling, tajribaga ega, biz bilan ishlaydigan va "maxsus operatsiya"da qatnashishni xohlovchilarni yig‘aylik. Ular ko‘ngilli bo‘lishi mumkin, bizni faqat qo‘llab-quvvatlang. Bu yerda biz o‘z pozitsiyamizga ega bo‘lishimiz kerak, siz ham, men ham buni amalga oshirishimiz kerak. Chunki men hamkasblarimizni bilaman, ular shu yerda, "maxsus operatsiya"da ishtirok etish to‘g‘risida bayonot yozgan”, deydi spiker.

Shuningdek, u chechen ko‘ngillilariga rahbarlik qilayotgan deputat Adam Delimxanov, Dmitriy Sablin, Viktor Vodolatskiy, Axmed Dogayev va boshqa parlament a’zolarini Donbassdagi harbiy operatsiyada qatnashayotganini eslatgan.

“Hech qanday zirh yo‘q (ya’ni armiyada xizmat qilmaslik huquqi – tahr.) – keling shundan kelib chiqaylik”, deydi Volodin.

Ma’lumot o‘rnida, may oyida Volodin Dumada Rossiya Federatsiyasining "maxsus harbiy operatsiyasi"da ishtirok etishni so‘ragan deputatlar borligi haqida xabar bergan edi.

Eslatib o‘tamiz, 21 sentyabr kuni Vladimir Putin Rossiyada qisman safarbarlik to‘g‘risidagi farmonni imzoladi, unga ko‘ra birinchi bosqichda 300 ming Rossiya fuqarosi frontga boradi. Safarbarlik haqidagi qarordan keyin Rossiya bo‘ylab norozilik namoyishlari avj oldi. Hozirgacha 1000 dan ortiq odam hibsga olingan.

Farangiz Salimova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

142

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing