“Navbahor” serbiyalik to‘purar bilan kelishuvga erishdi
Sport
−
19 yanvar 2022 5784 1 daqiqa
Bugun, 19 yanvar kuni Namanganning “Navbahor” klubi Gruziya chempionatining 2021 yildagi eng yaxshi futbolchisi va to‘purari bo‘lgan Zoran Marushich bilan kelishuvga erishdi
28 yoshli Marushich 2021 yilda “Dinamo” (Tbilisi) safida Gruziya chempionatida 16 ta gol urgan holda mavsum to‘purari bo‘ldi. Bundan tashqari u Gruziya chempionatining eng yaxshi hujumchisi va eng yaxshi futbolchisi, deb topilgan hamda chempionat ramziy terma jamoasidan ham o‘rin olgan.
Eslatib o‘tamiz, “Transfermarkt” portali futbolchini 450 ming yevroga baholagan. “Lochinlar” Zoranga qadar 10 nafar o‘zbekistonlik futbolchi bilan shartnoma imzolagan edi.
Ma’lumot uchun, Marushich 1993 yil 29 noyabr kuni Serbiyaning Kralevo shahrida tug‘ilgan. Faoliyatini 2010 yilda mahalliy “Sloga” klubida boshlagan. U “Navbahor” bilan kelishuvga erishgunicha 10 ta klubda to‘p tepib ulgurgan.
Live
BarchasiBloger Aziz Hakimov 4 yilga qamaldi
11 avgust
Putin hech narsadan qo‘rqmasligini aytdi
11 avgust