Navbahor futbol klubi jazolanishi mumkin

Sport

image

Kecha, 1 sentyabr kuni “Navbahor lochinlari” va “Paxtakor” futbol klublari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Musobaqa maydoniga muxlislar kirishi man qilinganiga qaramay, “Navbahor lochinlari” klubi stadionga o‘z ishqibozlarining kirishiga ruxsat bergan. Muxlislar karantin qoidalariga amal qilmagani yetmagandek, raqib jamoaning a’zolari va hakamlarini har xil so‘zlar bilan haqoratlashgan.  Bu haqda O‘zbekiston Professional futbol ligasi xabar bermoqda.

Ma’lum bo‘lishicha, Coca Cola superliga 14-turidan o‘rin olgan “Navbahor lochinlari” — “Paxtakor” futbol klublari o‘rtasidagi uchrashuv ko‘ngildagidek o‘tmagan. Musoboqaga karantin cheklovlari tufayli muxlislar kirishiga ruxsat berilmagan. Lekin, “Navbahor lochinlari” futbol klubi stadionga muxlislar kiritilishiga yo‘l qo‘ygan. Shuningdek, muxlislar tomonidan mehmon jamoa a’zolari va hakamlarni haqorat qilish holatlari yozib olingan videolavhalar ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan.

Bu bilan “Navbahor lochinlari” futbol klubi tomonidan COVID-19 pandemiyasi davrida cheklash tadbirlarini qo‘llash sharoitida professional futbol mashg‘ulotlari hamda musobaqalarni tashkil qilish to‘g‘risidagi vaqtinchalik sanitariya-gigiyena qoida va me’yorlarining 4.23-bandi, shuningdek, Intizom kodeksining 5.38, 5.40-bandlari buzilgani aniqlandi. Ushbu holatni ko‘rib chiqish uchun O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasining Etika qo‘mitasiga taqdimnoma yuborilgan.

Eslatib o‘tamiz, ikki jamoa o‘rtasidagi musoboqa 1:1 hisobi bilan yakunlangan.

Ahrorbek Hayrullayev


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

213

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing