Navalniy yashaydigan uyning eshigini buzmoqchi bo‘lishdi (video)

Olam

Huquq-tartibot idoralari xodimlari hibsga olingan Rossiya muxolifati rahbari Aleksey Navalniyning kvartirasini tintuv qilish uchun kelgan. Bu haqda RBKga Korrupsiyaga qarshi kurash fondi (Rossiya Adliya vazirligi tomonidan xorijiy agent sifatida tan olingan) direktori Ivan Jdanov ma’lum qildi.

“Niqob kiygan odamlar Aleksey Navalniyning Marinodagi kvartirasiga tintuv o‘tkazish uchun keldi. Ular eshikni buzishga urinishdi”, deb yozgan Jdanov Twitter’da.

Unga ko‘ra, Navalniyning ukasi Oleg kvartirada bo‘lib turibdi. Jdanovning ta’kidlashicha, tintuvlar Jinoyat kodeksining 236-moddasi (sanitariya-epidemiologiya me’yorlarini buzish) bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atilishi munosabati bilan amalga oshirilmoqda. 

Keyinchalik Jdanov, “Avtozavodskaya” metro stansiyasi yaqinida joylashgan ijaraga olingan kvartirada ham tintuv o‘tkazilgani to‘g‘risida xabar berdi. Bir necha yil oldin Navalniy rafiqasi Yuliya bilan doimiy yashash uchun u yerga ko‘chib kelgandi. Jdanov alohida postda Navalniyning rafiqasi tomonidan kvartiradan olingan videoni e’lon qildi. Unda siz huquq-tartibot idoralari xodimlari qanday qilib kvartiraning eshigini buzmoqchi bo‘lganini eshitishingiz mumkin.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

457

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing