Navalniy qamoqni kosmik sayohat bilan taqqosladi

Olam

image

Rossiya muxolifati yetakchisi Aleksey Navalniy Matrosskaya Tishina hibsxonasidagi qamoqni kosmik sayohat bilan taqqosladi. Bu haqda RBK xabar bermoqda.

“Menga qiyinmi – bu tez-tez so‘raladigan savol. Yo‘q, qiyin emas. Agar yaxshilab o‘ylab ko‘rsangiz, men qamoqda emas, balki kosmik sayohatda ekanligim ayon bo‘ladi”, deydi Navalniy.

Unga ko‘ra, hashamatga mos kelmaydigan kosmik kemada bo‘lgani kabi, u ham kamerada “oddiy, spartalik ko‘rinishi va temir karavot, stol va komidin”ga ega. 

“Kameraning eshigi faqat boshqaruv markazidan ochiladi. Formadagi odamlar men tomon keladi, ular faqat bir nechta formulali iboralarni aytadi. Videokamera nuri ularning ko‘kragida yonib turadi. Xuddi kosmos haqidagi filmda bo‘lgani kabi, kema qo‘mondonlik markazi ham men bilan aloqa o‘rnatadi”, deb yozgan muxolifatchi.

Navalniyning so‘zlariga ko‘ra, u ajoyib dunyoga parvoz qilayotgan kosmik sayohatda. U bunday kosmik sayohat xavfli bo‘lishiga qaramay, uni tark etmaslikka qaror qilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

231

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing