NATOning yadroviy mashg‘ulotlarni boshlashi Rossiyaga ogohlantirishmi?
Olam
−
17 Oktabr 2022
8706NATOning har yili bo‘ladigan yadroviy mashg‘ulotlari bugun, 17 oktyabr kuni boshlanadi, ammo ular Ukrainadagi urush bilan bog‘liq emas. Bu haqda “Euronews” xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, “Steadfast Noon”da 60’tagacha samolyot Belgiya, Shimoliy dengiz va Britaniya ustidan o‘quv parvozlarida ishtirok etib, AQSHning Yevropada joylashgan yadro bombalaridan foydalanishni mashq qiladi.
Ushbu mashqlar Rossiya qo‘shni Ukrainaga bostirib kirgan va ziddiyat kuchaygan bir paytda o‘tkazilmoqda, lekin mashg‘ulotda hech qanday jonli bombalar bo‘lmaydi.
Manyovrlar Moskvaning “Grom” deb nomlangan yillik yadroviy mashg‘ulotlariga to‘g‘ri kelishi mumkin, ular odatda oktyabr oyi oxirida o‘tkaziladi va Rossiya o‘zining yadroviy bombardimonchi samolyotlari, suv osti kemalari va raketalarini sinovdan o‘tkazadi.
NATO vakili bu mashg‘ulotlarning o‘tkazilishiga Rossiya bilan oxirgi taranglik sabab emasligini ta’kidladi.
“30 oktyabrga qadar davom etadigan mashg‘ulot odatiy takrorlanuvchi mashg‘ulotdir va u hozirgi dunyo voqealari bilan bog‘liq emas”, deb e’lon qildi alyans o‘z veb-saytida va hech qanday jonli qurol ishlatilmasligini qo‘shimcha qilib.
Belgiya 14 davlat va 60 tagacha samolyot, jumladan bozordagi eng ilg‘or qiruvchi samolyotlar va Shimoliy Dakotadagi Minot havo bazasidan uchadigan AQSHning B-52 uzoq masofali bombardimonchi samolyotlari ishtirok etadigan mashg‘ulotlarga mezbonlik qilmoqda.
NATO rahbari Yens Stoltenberg xalqaro vaziyat keskinlashganiga qaramay, alyans o‘z mashg‘ulotlarini davom ettirishini aniq aytdi.
U, shuningdek, Ukrainadagi urush tufayli mashg‘ulotlarni bekor qilish juda noto‘g‘ri signal bo‘lishi va NATOning harbiy kuchini ko‘rsatib qo‘yish keskinlik yanada kuchayishining oldini olishning eng yaxshi yo‘li ekanini ta’kidladi.
Musulmon Ziyo
LiveBarchasi