Putin: “NATOning Qora dengizdagi mashg‘uloti – jiddiy chaqiriq”

Olam

image

NATO Qora dengizdagi rejadan tashqari mashg‘ulotlarda harbiy qurollar bilan jihozlangan strategik aviatsiyadan foydalanadi va bu Rossiya uchun jiddiy chaqiriq. Bu haqda Rossiya Prezidenti Vladimir Putin “Rossiya 24” telekanaliga bergan intervyusida aytib o‘tdi.

“Mashqlar uchun faqatgina yetarlicha kuchli kemalar guruhi shakllantirilmagan, balki aviatsiya, shu jumladan strategik aviatsiya ham qo‘llaniladi. <...> Gap shundaki, ularning bortida strategik harbiy qurol bor. Bu biz uchun jiddiy chaqiriq”,  degan Putin.

Rossiya rahbarining ta’kidlashicha, mamlakat harbiy idoralari Vashingtonning harakatlariga javob qaytarish uchun shu akvatoriyada mashg‘ulot o‘tkazishni taklif qilgan. Biroq Putinning so‘zlariga ko‘ra, bu maqsadga muvofiq emas: vaziyatni keskinlatishdan ma’no yo‘q. Shuning uchun Mudofaa vazirligi samolyot va kemalarni kuzatish bilan cheklanadi.

Avvalroq AQSH harbiy-dengiz kuchlarining oltinchi floti Mount Whitney flagman qo‘mondonlik kemasi NATO kuchlari bilan qo‘shma amaliyotlar o‘tkazish uchun Qora dengizga yo‘l olganini ma’lum qilgandi.

Rossiya Tashqi ishlar vazirligi mavjud vaziyatni “olov bilan o‘yin” deb atadi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

475

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing