NATOning aksariyat davlatlari Ukrainaga qurol berish imkoniyatini tugatdi – NYT
Olam
−
27 noyabr 2022
13159NATO davlatlarining uchdan ikki qismi Ukrainaga qurol yetkazib berish masalasida o‘z imkoniyatlarini tugatdi. Bu haqda "The New York Times" nashri Shimoliy Atlantika alyansi vakillariga tayanib xabar berdi.
Qayd etilishicha, 30 ta NATO davlatidan 20 tasining zaxiralari deyarli nolga teng, ammo alyansning qolgan 10 ta a’zosi qurol yetkazib berishni davom ettirish imkoniyatini saqlab qolgan.
Ushbu davlatlar orasida Fransiya, Germaniya, Italiya va Niderlandiya bor.
Gazetaga ko‘ra, Polsha va Boltiqbo‘yi mamlakatlari qurol-yarog‘ zaxiralari bilan bog‘liq qiyin vaziyatga tushib qolgan.
Ma’lum bo‘lishicha, NATO davlatlari Ukrainaga 40 milliard dollarlik qurol-yarog‘ yetkazib bergan, bu Fransiyaning yillik harbiy byudjetiga teng.
LiveBarchasi