NATOga kirish. Turkiya ko‘rpani o‘ziga tortyapti, Shvetsiya shartlarni bajarolmay halak
Olam
−
22 dekabr 2022
5783Shvetsiya hozircha terrorchilarni Turkiyaga ekstraditsiya qilish bo‘yicha aniq qadamlar qo‘ygani yo‘q, bu qirollikning NATOga kirishini Anqaraning ma’qullashi uchun shartdir. Bu haqda bugun, 22 dekabr kuni Anqarada Turkiya Tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavusho‘g‘li shved hamkasbi Tobias Bilstrem bilan muzokaralar yakunida aytib o‘tdi.
“Shvetsiya terrorchilarni ekstraditsiya qilish yoki ularning hisoblarini muzlatish bo‘yicha aniq choralar ko‘rmadi. Shvetsiya terrorchilar Fathulloh Gulen (Anqara tomonidan 2016 yilda Turkiyadagi davlat to‘ntarishiga urinishda ayblangan – tahr.) uchun jozibador markaz bo‘lib qolmoqda. Biz bu harakatni qadrlaymiz. Shvetsiya qabul qildi, ammo yetarli emas”, deydi u.
Shu bilan birga Chavusho‘g‘li “Turk mudofaa kompaniyalari Shvetsiyadan ayrim turdagi mahsulotlar importiga ijobiy javob olmaganini” qo‘shimcha qildi.
Shvetsiya esa shartlarni bajarmayotgani haqida Turkiya tomonining bildirgan da’volarni rad etmoqda.
"Vazir Chavusho‘g‘li va turk xalqiga xabarim aniq: Shvetsiya o‘z va’dalarini bajarmoqda va kelishuvni jiddiy qabul qilmoqda. Har bir bo‘limda qadamlar qo‘yganmiz va amalga oshirishda davom etamiz”, deydi Shvetsiya Tashqi ishlar vaziri Tobias Bilstrem.
Shvetsiyalik siyosatchining fikricha, Anqara va Stokgolm terrorizmga qarshi kurashda yaqindan hamkorlik qilmoqda.
“Biz terrorchilarda gumon qilinayotganlar bo‘yicha hamkorlikni kuchaytirdik va harbiylarimiz aloqalarni kengaytirdi”, deb davom etdi Shvetsiya vaziri.
19 dekabr kuni Shvetsiya Oliy sudi quvg‘indagi jurnalistning o‘z mamlakatida siyosiy qarashlari uchun ta’qib qilinishi ehtimoli tufayli, avvalroq esa Shvetsiyada qochqin maqomini olgan yana ikki shaxsning Anqara talabiga binoan qirollikdan ekstraditsiyasini to‘xtatdi. Oliy sudning qarori shuni anglatadiki, oxir-oqibat bu masala bo‘yicha qaror qabul qilishi kerak bo‘lgan hukumat ekstraditsiya so‘rovini qondira olmaydi.
18 may kuni Shvetsiya va Finlyandiya NATOga a’zo bo‘lish uchun ariza berdilar, biroq Turkiya bu jarayonni darhol to‘sib qo‘ydi va bu davlatlardan PKK/PYD va YPG’ni terrorchi tashkilotlar deb e’lon qilishni, terrorchilikda ayblangan yoki 2016 yilda mamlakatdagi davlat to‘ntarishiga urinishda ishtirok etgan shaxslarni ekstraditsiya qilishni va ularni qo‘llashni to‘xtatishni talab qildi. 28 iyun kuni Madridda NATO sammiti boshlanishidan oldin Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an, o‘sha paytda Shvetsiya Bosh vaziri bo‘lgan Finlyandiya Prezidenti Sauli Niinistyo va Alyans Bosh kotibi Yens Stoltenberg o‘rtasida muzokaralar bo‘lib o‘tdi. Stokgolm va Xelsinkining NATOga a’zo bo‘lishiga ruxsat beruvchi memorandum imzolandi. Turkiya rahbarining so‘zlariga ko‘ra, Shvetsiya terrorchilik faoliyatida ishtirok etgan 70 dan ortiq shaxsni ekstraditsiya qilishga va’da bergan.
LiveBarchasi