NATO Yevropada yadroviy urush xavfiga qarshi mashg‘ulot o‘tkazadi

Olam

image

17-30 oktyabr kunlari NATOning havo kuchlari Yevropaning shimoli-g‘arbiy qismida yadroviy tiyib turish bo‘yicha mashg‘ulotlar o‘tkazadi. Bu haqda NATO rasmiy saytida ma’lum qilindi.

“Steadfast Noon” nomini olgan ushbu mashg‘ulotlarda 14 mamlakat va 60 ga yaqin turli xil samolyotlar, jumladan, to‘rtinchi va beshinchi avlod qiruvchi, kuzatuvchi va tanker samolyotlar ishtirok etadi. Shuningdek, NATOning o‘tgan yillardagi mashg‘ulotlarida bo‘lgani kabi Amerikaning uzoq masofaga uchuvchi B-52 bombardimonchi samolyotlari jalb etiladi. O‘quv parvozlari Belgiya, Buyuk Britaniya va Shimoliy dengiz uzra amalga oshiriladi. Mashg‘ulotlar vaqtida jangovar qurollardan foydalanilmaydi.

NATO matbuot kotibi Oana Lungeskuning ma’lum qilishicha, “Steadfast Noon” har yili NATOning turli davlatlarida o‘tkaziladi. Ushbu mashg‘ulotlar Alyansning yadroviy tiyib turish imkoniyati ishonchliligi, xavfsizligi va samaradorligini ta’minlashga yordam beradi”, deydi u.

Xabarda bu mashg‘ulotlar dunyoda ro‘y berayotgan biror bir voqea bilan bog‘liq emas, balki oldindan rejalashtirilgani alohida urg‘ulangan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

155

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing