NATO urushga tayyorlanayotgan Ukrainani alyansga qo‘shish shartini ma’lum qildi
Olam
−
05 fevral 2022
11843Ukraina yaqin kelajakda NATOga qo‘shilmaydi. Bu haqda alyans bosh kotibi o‘rinbosari Mircha Joana ma’lum qildi.
Rossiya Prezidenti Vladimir Putinning Ukraina harbiy ittifoqqa qo‘shilmasligi kerakligin haqidagi talabiga javoban, bosh kotib o‘rinbosari shunday degan:
“Hech kim Ukraina yaqin kelajakda NATOga qo‘shiladi, deb aytmaydi. Ukraina NATOga kirishi uchun alyansda bugungi kunda mavjud bo‘lmagan yakdillik bo‘lishi kerak”.
Joana Moskva Qo‘shma Shtatlarni NATO qo‘shinlarini “Rossiya ostonasigacha” olib borish orqali urush qo‘zg‘atmoqchi bo‘lganlikda ayblaganiga javob sifatida aynan Kremlning harakatlari alyansni mintaqaga qo‘shin va qurol-yaroq joylashtirishga undaganini aytdi.
“2014 yilda Qrimga qilingan noqonuniy anneksiyadan so‘nggina, NATOning Sharqiy qanotida harbiy baza shakllangan. Rossiya Ukrainani o‘z ta’siri ostida bo‘lishni xohlaydi. Donbasda davom etayotgan urush va Qrimning anneksiya qilinishi hamda bugungi kunda Ukrainaga qarshi tahdidning natijasi nima bo‘ldi? O‘n yil oldin ukrainaliklarning atigi 20 foizi NATO va YeIga a’zo bo‘lishni xohlagan bo‘lsa, bugungi kunda ular 60 foizdan ortiqni tashkil qilmoqda. Shunday ekan, qaysidir ma’noda Rossiya ularning niyatlari boshqacha ekanini tushunadi, deb umid qilamiz”.
Joanning qo‘shimcha qilishicha, alyans Kiyevni qo‘llab-quvvatlaydi, biroq mamlakatdagi jangovar harakatlarda qatnashmaydi.
LiveBarchasi
Samarqand shahrida metro quriladi.
14 yanvar
Dollar kursi pastladi.
14 yanvar