NATO Rossiyaning “biqini”da harbiy mashg‘ulot o‘tkazadi. Bu urushga tayyorgarlik deb baholanmoqda

Olam

image

Qora dengizda bo‘lajak Ukraina-Amerika “Sea Breeze” mashqlari — urushga tayyorgarlik va Ukrainani yanada harbiylashtirish kursi. Bu haqda Rossiya Federatsiya Kengashining Xalqaro qo‘mitasi a’zosi, Qrim regionidan senator Sergey Sekov aytdi. 

“NATO davlatlarining tajovuzkorligi keskin oshdi. Ukrainani yanada harbiylashtirish kursi belgilangan. Bizning fikrimizcha, bunday mashg‘ulotlar tinchlikni saqlashga emas, balki Rossiyaga qarshi urushga tayyorlanishga qaratilgan. Shuning uchun biz bunday mashg‘ulotlar o‘tkazilishiga qat’iyan qarshimiz”, deydi Sekov. 

Rossiyalik senatorning fikriga ko‘ra, Qora dengiz AQSH mashg‘ulotlari o‘tkaziladigan joy sifatida tasodifan tanlanmagan. “Ushbu mashqlar Rossiya va Qora dengiz flotiga qarshi qaratilgan“, deya ta’kidladi senator.

Eslatib o‘tamiz, Rossiya Mudofaa vazirligining rasmiy vakili Igor Konashenkov NATO “Sea Breeze” mashqlari fonida Ukrainani zamonaviy qurol-yarog‘ bilan ta’minlab, keyinchalik ushbu qurollar Donbassdagi qo‘shinlar va milliy batalonlarga ham yetkazilishini aytgandi.

Shu bilan birga, Rossiyaning AQSHdagi elchixonasi mashg‘ulotlarning ko‘lami Qora dengizda kutilmaganda sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan halokatlar xavfini oshirishini, shuning uchun ham Rossiya AQSH va uning ittifoqchilarini mintaqadagi harbiy harakatlar amaliyotidan voz kechishga chaqirishini ta’kidlagandi.

Ma’lumot o‘rnida, NATOning mashqlari 28 iyundan 10 iyulga qadar Qora dengizda bo‘lib o‘tadi, unda harbiy blokka a’zo 32 mamlakatdan 5000 harbiy xizmatchi 32 kemada ishtirok etadi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

508

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing