NATO Rossiyaga chaqiriq bilan chiqdi

Olam

image

NATO Bosh kotibi Yens Stoltenberg kecha, 26 oktyabr kuni Rossiyani g‘alla haqidagi kelishuvni uzaytirishga va qashshoq mamlakatlarni doimiy oziq-ovqat bilan ta’minlashga chaqirdi. Bu haqda “Interfaks-Ukraina” yozmoqda.

Stoltenberg Ruminiya Bosh vaziri Nikolay Chuka bilan o‘tkazgan qo‘shma matbuot anjumanida “Rossiyani Turkiya vositachiligida erishilgan BMT g‘alla shartnomasini uzaytirishga va oziq-ovqat eng ko‘p muhtoj bo‘lganlarga yetkazilishini ta’minlashga chaqiramiz” deydi.

22 iyul kuni Istanbulda Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an va BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish ishtirokida Ukraina portlaridan g‘allani xavfsiz tashish bo‘yicha kelishuv imzolandi. Hujjatni Ukraina, Rossiya, BMT va Turkiya vakillari imzoladi. Don shartnomasi Ukrainaning Odessa, Yujniy va Chernomorsk portlarini o‘z ichiga oladi.

Shartnoma muddati 19 noyabrda tugaydi. Birlashgan Millatlar Tashkiloti va Turkiya avvalroq kelishuvni uzaytirishga chaqirgan edi.

Oktyabr oyida Qrim ko‘prigida portlash bo‘lishi ortidan Rossiya Prezidenti Vladimir Putin don kelishuvi to‘xtatib qo‘yilishi mumkinligini aytgandi. U portlovchi uskuna don yo‘lagi orqali Qrimga olib kelingani tasdiqlansa, shunday qilinishini aytdi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

547

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing