NATO Parlament Assambleyasi Rossiyani terrorchi davlat sifatida tan oldi

Olam

image

Shimoliy Atlantika alyansi Parlament Assambleyasi Rossiya Federatsiyasini terrorchi davlat deb tan oldi. Delegatlar Rossiya Federatsiyasi jinoyatlari bo‘yicha maxsus xalqaro tribunal tuzishni taklif qildi. Bu haqda ukrain nashrlari yozmoqda.

“NATOning barcha 30 ta davlati delegatsiyamiz takliflarini qo‘llab-quvvatladi. Bunday tribunal nafaqat harbiy jinoyatlarning bevosita aybdorlarini, balki Rossiya Federatsiyasi oliy rahbariyatini ham sud qilish imkonini beradi”, deydi deputat, Ukrainaning NATO Parlament Assambleyasidagi doimiy delegatsiyasi rahbari Yegor Chernev.

Bundan tashqari, qabul qilingan hujjatda Ukraina bo‘yicha quyidagi qarorlar mavjud:

•    qurol ta’minotini ko‘paytirish;
•    Ukrainaning NATOga kirishi rejasini ishlab chiqish;
•    Rossiyadan Ukraina foydasiga tovon undirish mexanizmini yaratish.

Xalq deputati, shuningdek, rezolyutsiyada Ukrainani zarurat mavjud bo‘lgan vaqt davomida Alyans tomonidan qo‘llab-quvvatlash tamoyili mustahkamlanganini ta’kidladi.

Eslatib o‘tamiz, 11 avgust kuni Latviya Seymi Rossiya Federatsiyasini terrorizmni qo‘llab-quvvatlovchi davlat sifatida tan olgandi. Shu munosabat bilan YeIda Moskvaga qarshi sanksiyalarni kuchaytirish, jumladan, Rossiya va Belarus fuqarolariga vizalar berishni talab qilingandi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

124

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing